Bir muddat oldin Shahzoda muxlislarini yangi «Begim» taronasi bilan xursand qilgan edi. Endi Shahzoda ushbu taronasiga klip suratga oldi.
Qo`shiq matni Zilolbonuga tegishli. Musiqa prodyuseri sifatida bu safar Avstriyalik prodyuser va bastakor Avi Benedi ishladi. Bosh rolni barchaga «Sevinch», «Tog`a», «Maktub» kabi filmlari bilan mashhur Bobur Yo`ldoshev hamda Nigina Anorbaevalar ijro etishgan.






