1

ENG KATTA ChAQALOQ XITOYDA TUG`ILDI

Rekord 01.11.2017, 16:24
ENG KATTA ChAQALOQ XITOYDA TUG`ILDI

Yana bir dunyo rekordi Xitoyning hisobiga yoziladigan bo`ldi. Bu mamlakatning Silsyan shahrida 17,4 kilogrammli chaqaloq tug`ildi. Chaqaloqning ulkan vazniga qaramay tug`ruq jarayoni ortiqcha qiyinchiliksiz kechdi. Hozir ona-bolaning ahvoli yaxshi. Ota Xan Jingan ham bundan juda xursand. Bolaga Chon Chun deb ism qo`yishdi. 29 yoshli onaning aytishicha,u tug`ilajak bolasi g`ayrioddiy bo`lishini avvaldan sezgan. Er-xotinning yana bir qizi bor va u ham naq to`rt kilogramm vazn bilan tug`ilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, 2008-2010 yillarda Xitoyda har biri etti kilogrammdan og`irroq vaznda uch nafar chaqaloq tug`ilgan. Shu tariqa Xitoy eng og`ir vaznli chaqaloqlar mamlakati degan nom olgandi. Rekordchi chaqaloq Chon Chun o`z vatanining ana shu “unvon”ini oqlash barobarida dunyoga kelishi bilan eng og`ir vaznli chaqaloq sifatida rekord o`rnatdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1