AsosiyJamiyat

​HARBIYLAR MAHALLALARDA: UChTEPADA VATANPARVARLIK TARG`IBOTIDA UChRAShUV BO`LDI

'​HARBIYLAR MAHALLALARDA: UChTEPADA VATANPARVARLIK TARG`IBOTIDA UChRAShUV BO`LDI'ning rasmi

Toshkent shahri Uchtepa tumani Abdulla Qodiriy nomli mahalla fuqarolar yig`inida bir guruh harbiy xizmatchilarning mahalla faollari va o`quvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. “Vatanparvarlik – mahalladan boshlanadi” nomli tadbirda harbiy xizmatchilar va faxriylar mamlakatimizda harbiy sohada erishilayotgan yutuqlar, kiritilayotgan o`zgarishlar va yaratilayotgan sharoitlar haqida keng tushunchalar berdilar.

Mamlakatimizda “mahalla” tushunchasi Konstitusiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o`rni va maqomi qat`iy belgilab qo`yilgan. Ayni paytda u yurtimizda amalga oshirilayotgan “Kuchli davlatdan–kuchli fuqorolik jamiyati sari” degan tamoyilning ifodasi bo`lib, ma`naviy hayotimizni yanada mustahkamlash, yosh avlodning ongu tafakkurini zamonaviy bilimlar asosida shakllantirish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O`tkazilayotgan bunday tadbirlar avvalo Qurolli Kuchlar faoliyatini ochiqligini va oshkoraligini ta`minlashga, ota-onalarda yurt himoyachilariga bo`lgan mehrlarini, Qurolli Kuchlarimizdan g`ururlanish va yoshlarimiz qalbida esa Vatanga muhabbat, harbiy xizmatga chuqur hurmat tuyg`ularini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Tadbirda joriy yilda bo`lib o`tgan uchinchi Xalqaro armiya o`yinlarining “Qo`shin razvedkasi a`lochilari” tanlovida faxrli 3-o`rinni, yaqindagina Buyuk Britaniyada qo`shin razvedkachilari o`rtasida bo`lib o`tgan “Kembriya patruli” xalqaro tanlovida 2-o`rinni olib qaytgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o`z yutuqlari haqida gapirib berishdi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga to`laqonli javob qaytarildi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi mas`ul ofiserlari polkovnik Maqsud Abilov, podpolkovnik Alisher Shirinov, Qurolli Kuchlar faxriysi Odiljon Rajabov, mahalla yig`ini raisi Liliya To`raxodjaevalar so`zga chiqdi.

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoasi yakkaxon xonandalarining ijrosidagi vatanparvarlik mavzusidagi kuy va qo`shiqlar tadbirga yanada fayz bag`ishladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar