AsosiyJamiyat

Xalqaro pul o`tkazmalaridan biri o`z faoliyatini to`xtatdi

“Migom” xalqaro pul o`tkazmalari tizimi o`z faoliyatini tugatdi, bu haqda RIA FederalPress nashriga asoslanib, Pressnews.uz [url=http://pressnews.uz/]xabar bermoqda.

To`lov tizimidagi muammolar o`tgan yilning kuz oylarida boshlangan, bu esa uning asoschisi hisoblangan “Evrotrast” bankining lisenziyasi bekor qilinganligi bilan bog`liq. O`tgan yil ohiridan tizim faoliyatidagi uzilishlar nafaqat Rossiya, balki Ukraina, O`zbekiston, Tojikistonda ham bo`lgan.

Pul o`tkazmalarining yillik aylanmasi 70 milliard rublni tashkil qiladi. “Migom” xalqaro pul o`tkazmalari tizimi 2002 yilda tashkil topgan bo`lib, dastavval u “Evrotrast” banki bo`limi sifatida keyin esa mustaqil to`lov tizimi sifatida faoliyat yuritgan.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar