1

O`zbekistonda yangi jurnal nashrdan chiqdi

Jamiyat 12.02.2014, 15:53
O`zbekistonda yangi jurnal nashrdan chiqdi
Mamlakatimizda Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi muassisligida tashkil etilgan yangi “Ma`naviy hayot” jurnalining dastlabki soni nashrdan chiqdi.
 
Tarixiy-falsafiy, ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-ommabop nashr hisoblangan, yurtimizda matbaachilik sohasida erishilgan yutuqlarni yaqqol mujassam etgan mazkur jurnal o`ziga xos bichimi, dizayni, ko`rkam muqovasi, yuksak did bilan bezatilgan sahifalari bilan e`tiborni tortadi.
 
Jurnalning mazmuni mundarijasi esa mavzular doirasining kengligi, rang-barangligi, bugungi hayotimizdagi tub o`zgarishlar, ma`naviy yangilanishni tarix, kechagi va ertangi kun nuqtai nazaridan tahlil etish, aniq dalillar, hayotiy misollar asosida yoritishga qaratilgan materiallarga katta o`rin berilgani bilan alohida ajralib turadi.
 
Bir guruh tahliliy materiallar, xususan, M.Quronovning “XXI asrda qaysi davlat kuchli bo`ladi?”, E.Shermonovning “Buyuk elga daxldor bo`lib yashash baxti”, K.Kamolovaning “Inson aziz bo`lgan yurt”, M.Hamidovaning “Ayol baxti – jamiyat baxti” maqolalarida O`zbekistonning o`ziga xos taraqqiyot yo`li, sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, yurtimizni yanada go`zal va obod qilish, insonning qadr qimmatini yuksaltirish, ayol zotining jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ma`no-mazmuni, amaliy natijalari haqida fikr-mulohazalar bayon qilinadi.
 
Jurnal bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, falsafiy qarashlar rivoji, inson qalbi va ongini egallashga qaratilgan xatarli ma`naviy tahdidlar haqida muntazam materiallar berib borib, ularning mohiyatini ko`rsatish, yurtdoshlarimizni hushyorlik va ogohlik tuyg`usi bilan yashashga da`vat etishni o`z faoliyatining muhim yo`nalishi deb biladi.
 
So`nggi sahifalardan esa madaniy hayot yangiliklari va jurnalning inglizcha muxtasar mazmuni o`rin olgan.
                                                                                              

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1