1

O`zbekistonlik FIFA agenti Antarktidada Vatanimiz bayrog`ini o`rnatmoqchi

Jamiyat 12.02.2014, 17:05
O`zbekistonlik FIFA agenti Antarktidada Vatanimiz bayrog`ini o`rnatmoqchi
Ko`pgina futbolchilarimizni chet el klublarida to`p surishi uchun ter to`kib yurgan FIFA agenti San`at Sharipov Antarktidaga yo`l oldi. 

Bu haqda Sharipovning o`zi [url=http://www.uff.uz/news/sections/uzbek/113767]uff.uz saytiga bergan intervyusida ma`lum qilgan. U Antarktida qit`asiga O`zbekiston respublikasi bayrog`ini o`rnatishni niyat qilgan.
 
Intervyu davomida San`at Sharipov Antarktidaga Chili orqali borishini aytib o`tdi. Uning so`zlariga ko`ra, u 6 yil avval ushbu qit`aga borishni maqsad qilgan. 

“Menga ekstremal turizm yoqadi va shuning uchun Antarktidaga borishni niyat qildim. Qo`shimchasiga, u erga Vatanim - O`zbekiston bayrog`ini o`rnatib qaytmoqchiman”, - deydi Sharipov.

Hamyurtimiz Antarktidaga 65 kishidan iborat ilmiy-tadqiqot guruhi bilan ketmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1