1

TOShKENTDA ULKAN LAVASh TAYYoRLANDI

Rekord 07.11.2017, 10:50
TOShKENTDA ULKAN LAVASh TAYYoRLANDI

O`tgan yilning 9 iyul kuni Toshkentdagi yangi ochilgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida xo`randalar antiqa tomoshaning guvohi bo`lishdi. Bu erda tajribali oshpazlar haddan tashqari ulkan durum (go`shtli lavash) pishirishdi. Ahamiyatlisi, shu kuni ashaddiy gurmanlar uchun haqiqiy ma`nodagi kutilmagan sovg`a — ulkan go`shtli lavash taqdim etildi. Tashkilotchilarning aytishicha, ushbu ulkan lavash uchun jami 6 kg. pomidor va bodring, qovurilgan kartoshka (chipslar), 16 litr sous, 15 kg. go`sht hamda boshqa mahsulotlar ishlatildi. Bu ulkan taomni hozirlash uchun 30 nafardan ortiq oshpaz 7 soat mobaynida mehnat qilib go`shtni maxsus manqalda qovurishdi. Lavashning qalinligi odatdagisidan deyarli farq qilmaydi. Ammo uzunligi 15 metru,20 santimetrni tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1