1

ENG ULKAN ORKESTR

Rekord 07.11.2017, 11:18
ENG ULKAN ORKESTR

Germaniyada eng ulkan orkestr rekordi yangilandi: Frankfurtdagi futbol stadionida 7 548 nafar musiqachi bir vaqtning o`zida kuy chaldi. Ushbu tadbirni tashkil etish g`oyasi gamburglik musiqa o`qituvchisi Yens Ilemennga tegishli.

Konsertda Germaniya, Avstriya va Niderlandiyadan tashrif buyurgan professional hamda havaskor musiqachilar qatnashdi. Orkestr bir necha mashhur kuy va klassik musiqalarni, jumladan, Evropa Ittifoqi madhiyasini ijro etdi.

45 daqiqalik chiqishga dirijyorlik qilish kompozitor Volf Kershek zimmasiga yuklatildi. Barcha sozandalar uni yaqqol ko`rishlari uchun dirijyorning har bir qo`l harakati ulkan ekran orqali namoyish qilindi.

Eng ulkan simfonik orkestr chiqishi bilan bog`liq avvalgi rekord 2013 yili Avstraliyaning Brisben shahrida qayd etilgan. O`shanda 7 248 nafar musiqachi ishtirok etgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1