15.02.2014 12:25
“Bunyodkor” ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Ushbu yarim himoyachi 2001-2007 yillar oralig`ida Kataloniyaning “Barselona” futbol maktabida tahsil olgan. Professional faoliyatini Belgiyaning “Muskron” jamoasida boshlagan. Keyinchalik Ispaniyaning “Sevilya” va “Benidorm”, Kiprning “Anortosis”, Gruziyaning “Dinamo” Tbilisi va Belorussiyaning “Dinamo” Minsk jamoalarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Ispaniya U-16 va U-19 terma jamoalarida ham bir necha uchrashuvlarda ishtirok etgan.
Karles Koto asosan o`ng qanot yarim himoyasida to`p tepadi. Shuningdek, markaziy yarim himoyachi sifatida pleymekerlik qobiliyatiga ham ega.
Eslatib o`tamiz, “Bunyodkor”ning xorijlik legionerlar limiti to`ldi. Bular: himoyachi Sergey Simonenko, yarim himoyachi Karles Koto va hujumchi Oleksandr Pishur. Hozircha osiyolik legioner limiti bo`sh turibdi.