AsosiyJamiyat

OZIQ-OVQAT SANOATI KO`RGAZMASI NAMOYISh ETILADI

'OZIQ-OVQAT SANOATI KO`RGAZMASI NAMOYISh ETILADI'ning rasmi

EG Uzbekistan ko`rgazmalar kompaniyasi tomonidan «O`zekspomarkaz» markaziy ko`rgazmalar zalida 2017 yil 22, 23, 24 noyabr kunlari XIII Xalqaro oziq-ovqat sanoati va ozuqa mahsulotlari ko`rgazmasi «UZPRODEXPO – 2017» namoyish etiladi.

«UZPRODEXPO» ko`rgazmasi oziq-ovqat sanoati ko`rgazmasi kuzning asosiy voqeasi hisoblanadi. Har yili o`tkazilishi an`anaga aylangan ko`rgazmada oziq-ovqat tarmog`ining etakchi ishlab chiqaruvchilari, etkazib beruvchilari va distribyutorlari qatnashadilar, ular o`zbek va jahon oziq-ovqat bozorlarini namoyish etishadi.

Bu yil «Ozuqa mahsulotlari» sektorida o`z mahsulotlarini taqdim etuvchi mamlakatimiz eksponentlari soni ko`paydi, bu esa ularning O`zbekistonning oziq-ovqat bozoriga qiziqishining oshishidan dalolat beradi.

“Oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo jihozlari, do`kon, kafe va restoranlar uchun jihozlar’’ bo`limi ishtirokchilari orasida doimiy katnashchilar bilan bir qatorda ko`rgazmada ilk bor qatnashuvchi kompaniyalar eksponentlarini ko`rish mumkin. Rossiyalik bir nechta kompaniyalar ichimliklarni quyish, oziq-ovqat sanoati uchun jixozlar va ehtiyot qisimlari, kichik pivotayorlovchi uskunalarni taqdim etadi

Oziq-ovqat bozorlari, yirik savdo markazlari, omborxonalar egalari uchun etakchi ishlab chiqaruvchilarning do`konlar va supermarketlarni to`liq bitkazib topshirish uchun avtomatik tizimlar, meva-sabzavot omborlari uchun jihozlar, saralash va qadoqlash markazlari uskunalari, chuqur muzlatuvchi kameralar kabilar ham namoyish etish rejalashtirilmoqda. Niderlandiya, Rossiya, O`zbekiston va Qozog`istondan kelgan kompaniyalar stendlarida ko`rishligi mumkin.

O`zbekistonda jadal rivojlanayotgan iste`mol tovarlari bozori, shuningdek, faol tatbiq etilayotgan, milliy korxonalarni modernizasiyalash va chiqarilayotgan mahsulot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan investisiya siyosati shuni ishonch bilan ko`rsatmoqdaki, Respublikamizda oziq-ovqat industriyasidagi yangi texnologiyalar va g`oyalarni qo`llash va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjuddir, chunki 30 milliondan ortiq aholisi bo`lgan mamlakat tovar va xizmatlarning muhim bozori hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar