MUQOBIL ENERGIYa ULUShI OShADI
Meksikada energetika sohasini takomillashtirish uchun 80 milliard AQSh dollaridan ziyod mablag` yo`naltiriladi.
Mamlakat energetika vaziri Pedro Xoakin Kolduellning so`zlariga ko`ra, ko`zda tutilgan loyihalarni ro`yobga chiqarish maqsadida 125 ta kompaniya bilan shartnomalar tuzildi. Rejaga muvofiq, investisiyalar tadqiqot va ishlab chiqarish, seysmik xavfsizlikni ta`minlash, gaz quvurlarini qurish hamda muqobil energiyani rivojlantirishga jalb qilinadi.
2024 yilga borib, ushbu mamlakatda elektr energiyasiga bo`lgan ehtiyojning 35 foizini shamol hamda quyosh energiyasi hisobiga qoplash rejalashtirilgan.






