Eng ulkan to`y shirinligi

Rekord 09.11.2017, 11:07
Eng ulkan to`y  shirinligi

Eng ulkan to`y torti maqomi Ankasvill shahridagi (AQSh) Mohegan Sun Hoteland Casino mehmonxonasi qandolatchilari tomonidan bir haftada tayyorlangan 6,8 tonna tosh bosuvchi tortga nasib etdi. Ushbu shirinlik 2004 yilning 8 fevralida bo`lib o`tgan nikoh marosimi uchun buyurtma qilingan. Vanil ta`mga ega tort bantik va yurakchalar bilan bezatiladi.

Uni tayyorlash uchun 4 540 kg. biskvit, 2180 kg. kremdan foydalanildi. Umuman olib qaraganda mazkur ulkan to`y shirinligi 59 ming mehmonning qornini to`yg`izishi mumkin edi, agar har bir mehmon unchalik katta bo`lmagan shirinlik bo`lagi bilan kifoyalansa. Ammo to`y marosimida bu qadar katta auditoriya qatnashmadi. Shu sababli ushbu ulkan to`y tortining keyingi taqdiri noma`lumligicha qolgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1