AsosiyDunyo

Vladimir Putin Rossiya va AQSh xokkey jamoalari uchrashuvni boshqargan hakamlarni tanqid qildi

RF Prezidenti Vladimir Putin Rossiya hamda AQSh xokkey jamoalarining uchrashuvi haqida fikr bildirar ekan, hakamlarning o`yinga e`tiborsizlik bilan munosabat qilganini aytib o`tdi.

“Afsuski, hakamlar buni o`z vaqtida payqashmadi”, - dedi Prezident hukumat kegnashining majlisidan so`ng xokkey uchrashuvi haqida. U Rossiya hamda AQSh uchrashuvini boshqargan hakamlar Rossiyaning uchinchi shaybasini hisobga olmay noto`g`ri qarorga kelganliklarini aytdi.
 
Sochidagi qishki Olimpiya o`yinlari doirasida bo`lib o`tgan Rossiya-AQSh xokkey jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda Rossiya terma jamoasining uchinchi shaybasi darvoza o`z joyida bo`lmaganligi sababli hisobga olinmadi. Uchrashuvning asossiy vaqtida 2:2 durang hisobi qayd etildi. Bullitlarda esa AQSh vakillarining qo`li baland keldi.


    
Bugun Rossiya terma jamoasi Norvegiyaga qarshi o`zining navbatdagi uchrashuvini o`tkazadi.  

    Boshqa yangiliklar