AsosiySport

BUGUN RO`ZIQUL BERDIEV IShTIROKIDA MATBUOT ANJUMANI O`TKAZILADI

'BUGUN RO`ZIQUL BERDIEV IShTIROKIDA MATBUOT ANJUMANI O`TKAZILADI'ning rasmi

Bugun soat 15:00da poytaxtimizdagi «Miran» mehmonxonasida O`zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ro`ziqul Berdiev bilan matbuot anjumani bo`lib o`tadi. Tadbirda O`FF va PFLda akkreditasiyadan o`tgan OAV vakillari ishtirok etadi.

Ro`ziqul Berdiev boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi 10-11 noyabr kunlari Toshkentda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazadi. 12 noyabr kuni esa milliy terma jamoa a`zolari BAA terma jamoasi bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazish uchun jo`nab ketishadi.

Ro`ziqul Berdiev BAAga qarshi o`rtoqlik o`yiniga 23 nafar futbolchini taklif etgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston hamda BAA milliy terma jamoalari o`rtasidagi o`yin 14 noyabr kuni Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayd” stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar