1

7600 metr balandlikda o`rnatilgan tarixiy natija

Rekord 10.11.2017, 15:43
7600 metr balandlikda o`rnatilgan tarixiy natija

Sportchi-parashyutchi Lyuk Aykins 7600 metr balandlikdan parashyutsiz sakrash bo`yicha jahon rekordini o`rnatdi. U Kaliforniya janubida engil motorli samolyotdan sakradi va to`rtta avtokran tutib turgan 20 qavatli uy balandligidagi himoya to`riga kelib tushdi. Mazkur xavfli tryuk “Fox” telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri namoyish etib borildi.

Ma`lum bo`lishicha, sportchi ushbu tarixiy natijani qayd etishga bir yarim yil davomida taraddud ko`rgan. Rekord qayd etilishi ko`p jihatdan to`rning sifatiga bog`liq, chunki u tezlikni pasaytirishga qulay bo`lishi va shu bilan birga, Lyukni batutdan havoga qaytarib uloqtirmasligi zarur edi.

42 yoshli Lyuk Aykins o`z faoliyati davomida 18 mingdan ziyod xavfli tryukni bajargan bo`lib, ulardan 30 tasida zaxira parashyutdan foydalanishga to`g`ri kelgan. U ko`plab taniqli parashyutchilarga murabbiylik qilgan va hatto “Temir odam-3” filmida kaskadyor sifatida suratga tushgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1