1

90 metrli sigara o`rami

Rekord 10.11.2017, 15:50
90 metrli sigara o`rami

2016 yil 13 avgust kuni Kubaning sobiq rahbari Fidel Kastro 90 yoshni qarshiladi. Ushbu sana munosabati bilan butun mamlakatda ko`plab aksiyalar, konsert va bayram tadbirlari uyushtirildi. Dunyoga taniqli kubalik sigara yasovchi Xose Kastelar esa yubileyga o`zgacha tuhfa hozirladi. Ya`ni u uzunligi 90 metrni tashkil etuvchi sigara o`ramini tayyorladi. Ulkan sigarani o`rash uchun unga 80 kg.lik tamaki bargi kerak bo`ldi. “Kueto” taxallusi bilan tanilgan Kastelar 2011 yili uzunligi 81,8 metrli sigara o`ramini tayyorlab “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgandi. E`tiborli jihati, kubalik faxriy sigara yasovchi hozirgacha to`rt bor jahon rekordini o`rnatgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1