Maykl Jeksonning "Rekordchi" albomi

Rekord 13.11.2017, 11:20
Maykl Jeksonning "Rekordchi" albomi

Pop qiroli Maykl Jeksonning “Thriller” nomli mashhur musiqiy albomi 2015 yilda AQShda 30 bor platinali plastinka sifatida tan olindi. Amerika ovoz yozish kompaniyalari assosiasiyasi (RIAA) plastinkalarga “oltin” va “platinali” maqomini 60 yildan beri taqdim etib keladi, ammo albomning 30 million nusxada tarqalgani tarixda birinchi marta kuzatilgan.

Disk RIAA tomonidan “oltin” deb tan olinishi uchun 500 ming nusxada sotilishi kerak, ushbu ko`rsatkich 1 milliondan oshganda esa unga “platinali” maqomi beriladi. 1982 yilda dunyo yuzini ko`rgan “Thriller” oradan ikki yil o`tib, faqat AQShning o`zida 20 milliondan ziyod nusxada sotildi. RIAA ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunga kelib mazkur albom butun dunyoda 100 milliondan ziyod nusxada tarqalgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1