1

Qulog`i og`ir odamlar ham musiqa tinglashi mumkin

Hi-tech 13.11.2017, 11:26
Qulog`i og`ir odamlar ham musiqa tinglashi mumkin

Qulog`i og`ir insonlar uchun quloqchin yaratgan Liro Jino tovushlar tebranishdan iborat ekanligini hisobga oldi. U yaratgan quloqchinlar ovoz chastotalari o`rniga tebranishlarni jo`natadi, natijada qulog`i og`ir odam uni his qiladi. “Vibeat”quloqchinlaridan oddiy quloqchinlar yoki bilaguzuk, marjon shodasi kabi bo`yinga taqqan holda foydalanish mumkin.

“Vibeat” smartfon kabi vibrasiya asosida ishlasa-da, uni biroz boshqacha shaklda uzatadi. Uning har bir ovoz to`lqini uchun o`z javobi bo`ladi. Foydalanuvchi musiqiy tebranishlarning to`liq spektrini his qiladi. Jino bu qurilmani yaratishda qulog`i og`ir odamlar uchun mo`ljallangan klublarning DJ lari bilan hamkorlik qildi. Ularni eshitish qobiliyati past bo`lgan odamlarda sinab ko`rdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1