1

Xitoyda jahondagi eng uzun shishali ko`prik ochildi

Rekord 13.11.2017, 11:36
Xitoyda jahondagi  eng uzun shishali  ko`prik ochildi

O`tgan yili Xitoyda jahondagi eng uzun va baland shishali ko`prik ochildi. Sayyohlarga qo`rquvni engib, yupqa shishadan o`tish taklif etildi. Mazkur konstruksiyaga “Dovyurak insonlar ko`prigi” nomi berildi.
Xunan provinsiyasidagi Shinyuchjay bog`ida ochilgan mazkur ko`prikning uzunligi 430, kengligi 6, erdan balandligi 300 metr bo`lib, uning qurilishi uchun 3,4 million dollar mablag` sarflangan.
Shisha pol qalinligi 24 mm. Konstruktorlarning ta`kidlashicha, ko`prikni qurishda ishlatilgan shisha oddiy shishadan 25 marta mustahkam. Ko`prikni ushlab turgan po`lat konstruksiya juda baquvvat va ishonchli.
Dastlab ko`prikda bo`lish vaqti va unga tashrif buyuruvchilar soni cheklanishi aytib o`tilgan. Uning ustidan turib Lungan okrugining 720 daraja keng­likdagi butun manzarasini, Shisun daryosini, Gaysyab suv omborini tomosha qilish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1