1

​QO`L JANGI BO`YIChA OSIYo ChEMPIONATIDA O`ZBEKISTONLIK SPORTChILAR 30 TA MEDALGA SAZOVOR BO`LDI

Sport 13.11.2017, 15:28
​QO`L JANGI BO`YIChA OSIYo ChEMPIONATIDA O`ZBEKISTONLIK SPORTChILAR 30  TA MEDALGA SAZOVOR BO`LDI

Poytaxtimizda qo`l jangi bo`yicha o`tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida O`zbekiston terma jamoasi a`zolari 10 oltin, 7 kumush va 13 bronza medalni qo`lga kiritdi.

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qo`l jangi federasiyasi va Xalqaro qo`l jangi federasiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada qit`amizning o`n beshga yaqin davlatidan yuzdan ortiq sportchi ishtirok etdi, deb yozadi O`zA.
Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili bo`lgan sportni rivojlantirish va ommalashtirish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanishi uchun keng shart-sharoit yaratishga qaratilayotgan e`tibor samarasida o`g`il-qizlarimizning salomatligi mustahkamlanib, xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishilmoqda.
«O`zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qilgan Osiyo ochiq chempionatida terma jamoamiz a`zolarining muvaffaqiyatli ishtiroki ham buning dalilidir.
Chempionat bahslarida Ramazon Temirov, Olimjon Normurodov, Muhiddin Mamajonov, Jahongir Jumaev va Botirbek Xo`jabekov oltin medalni qo`lga kiritdi.
Shuningdek, Husniddin Sattorov, G`iyosiddin Jamoliddinov, Elbek Eshmurodov, Salohiddin Ibrohimov, Ilg`or Asadov kumush, Shahboz Tursunov, Ravshan Abdulazizov, Alpomish Qurbonnazarov, Eldor Sulaymonov, Hasan Bozorov, Bahrom Mahmudov bronza medaliga sazovor bo`ldi.
Xotin-qizlar o`rtasida o`tgan bellashuvlarda Zarina Olimjonova, Maftuna Quvondiqova, Shohida Rahimova, Shahnoza Nizomova, Madina Ergasheva o`z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi. Terma jamoamiz a`zolaridan Nozima Umarova hamda Robiya Qo`chqorova ikkinchi, Maftuna Yodgorova, Sevara Mardonova, Hilola Karimova, Dilafruz Tursunboeva, Maftuna Esonova, Zilola Teshaeva va Nataliya Qodirova uchinchi o`rindan joy oldi.

Osiyo ochiq chempionatida O`zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egalladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1