1

PREZIDENT NUTQINI XORIJLIK MUTAXASSISLAR MUHOKAMA QILIShMOQDA

Siyosat 15.11.2017, 11:35
PREZIDENT NUTQINI XORIJLIK MUTAXASSISLAR MUHOKAMA QILIShMOQDA

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Samarqandda bo`lib o`tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so`zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Ularda qayd etilishicha, davlatimiz rahbari tomonidan konferensiyada ilgari surilgan tashabbuslar Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashga xizmat qiladi.

ShHT kotibiyati rasmiy sayti (sectsco.org) Shavkat Mirziyoevning quyidagi so`zlariga alohida e`tibor qaratgan: «Mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo`shnichilik rishtalari bog`lab turadi. Amaliy hamkorlikka tayyorlik va unga astoydil intilish, shuningdek, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas`uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam poydevori va kafolatidir».

Internet nashrida, shuningdek, O`zbekiston Prezidenti «xavfsizlikka tahdidlarni “o`ziniki va o`zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish»ga ishonch bildirgan holda, ushbu sohada ShHT doirasida va BMTning muvofiqlashtirishda tutgan o`rniga tayangan holda «mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o`zaro hamkorlikni mustahkamlash»ga chorlagani qayd etilgan.

Rossiyaning «Sputnik» yangiliklar portali (sputniknews-uz.com) Shavkat Mirziyoev xalqaro konferensiya ishtirokchilari va mehmonlarni qutlab, O`zbekiston bahsli masalalarni tezroq hal qilish va o`zaro ishonchni yanada mustahkamlash tarafdori ekanini ta`kidlagani xususida yozadi.

«Sputnik» O`zbekiston Prezidentining quyidagi so`zlarini keltiradi: «Davlatlarimiz aynan yaxshi qo`shnichilik va o`zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o`z salohiyatini yanada samarali amalga oshira oladi. Ishonchim komil, bundan barcha – Markaziy Osiyo davlatlari ham, boshqa mamlakatlar ham birdek manfaat ko`radi».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1