Eng yosh o`zbek legioneri

Rekord 15.11.2017, 18:28
Eng yosh o`zbek legioneri

Etti yoshli o`zbekistonlik xokkeychi Salohiddin Azimov o`zbek legioneri sifatida karerasini boshladi. U kuz faslining boshidan Qozog`istonning “Armada” xokkey klubida o`yin ko`rsatib, a`lo natijalarga erishgandi...

Salohiddin Qizilo`rda shahri yoshlari o`rtasida o`tkazilgan Qozog`iston Chempionatidagi o`rtoqlik uchrashuvida ishtirok etib, o`z mahoratini namoyish etdi. O`yin davomida darvozaga to`rt marotaba shayba kiritgan Salohiddin ikkinchi matchda yana to`rtta gol sohibiga aylandi. Bularning hammasi Salohiddin Azimovga 11 ochko keltirib, ikki o`yin natijasi bo`yicha eng yaxshi o`yinchi nomiga musharraf bo`ldi. Shuni ta`kidlash lozimki, Salohiddin Azimov guruhning eng yosh o`yinchisi hisoblanadi.

Yosh xokkeychi “Binokor” xokkey klubi ishtirokchisi bo`lib, chet elda yoshlar o`rtasida xokkey bo`yicha bo`lib o`tgan xalqaro yoshlar musobaqalarida ham qatnashgan.

Qozog`istonning “Armada” xokkey klubi bahorda “Binokor” xokkey klubi bilan o`tkazgan xalqaro o`rtoqlik uchrashuvida Salohiddin Azimov bilan qiziqdi. Birinchi sinf o`quvchisiga mashhur rossiyalik xokkeychi Pavel Burening ham nazari tushdi. U Salohiddinni professional xokkeychilarni tayyorlovchi bolalar xokkey maktabiga taklif etdi. Bu erga o`quvchilar o`n yoshdan boshlab qabul qilinadi, o`n etti yoshdan boshlab esa professional shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1