1

G`alati parhez

Rekord 16.11.2017, 17:06
G`alati parhez

Fransiyalik Mishel Lotito esa 1959 yildan boshlab metall va shisha buyumlarni tanovul qilib keladi. Gastroenterologlar uning nodir qobiliyatidan hayratda — qariya kun davomida bir kg.gacha bo`lgan metallni “ko`rdim demaydi”. Mishel Lotitoga vatanida Monsieur Mangetout ya`ni “Barcha narsani tanovul qiluvchi janob”, deb nom qo`yishgan. Qariyaning aytishicha, banan va qovurilgan tuxumni oshqozoni yaxshi hazm qilolmaydi, shu sababli u 1966 yili 18 ta motosikl, 15 ta supermarket aravachasi, 7 ta televizor va kompyuterni “paqqos tushirgan”. Metall va shisha mahsulotlarini xush ko`ruvchi Mishelning umumiy og`irligi 1997 yil oktyabrida qariyb 9 tonnani tashkil qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1