1

PREZIDENTIMIZGA XUSUSIY UY-JOYLARGA XIZMAT KO`RSATUVChI PROFESSIONAL BOShQARUV KOMPANIYaSI FAOLIYaTI HAQIDA MA`LUMOT BERILDI

Siyosat 17.11.2017, 13:21
PREZIDENTIMIZGA XUSUSIY UY-JOYLARGA XIZMAT KO`RSATUVChI PROFESSIONAL BOShQARUV KOMPANIYaSI FAOLIYaTI HAQIDA MA`LUMOT BERILDI

Sergeli tumani 6-A massivida Xususiy uy-joylarga xizmat ko`rsatuvchi professional boshqaruv kompaniyasi ish boshladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga mazkur xizmat ko`rsatish markazi faoliyati haqida ma`lumot berildi.

Bugungi kunda ko`p uylarni o`zida birlashtirgan yirik shirkatlar optimallashtirilib, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va professional boshqaruv kompaniyalari tashkil etilmoqda.

Boshqaruv kompaniyasida aholiga sifatli kommunal xizmat ko`rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. 40 dan ortiq xodim uy-joy fondini asrash va malakali xizmat ko`rsatish borasida mehnat qilmoqda.

Kompaniya 8 ta maxsus texnikaga ega bo`lib, massivdagi barcha yumushlarni bajaradi. Massivda 5 ta chiqindi yig`ish punkti tashkil etilgan. Ularni kompaniyaga tegishli texnika vositalari tashib ketadi.

Bu erda mulkdorlarning kundalik yumushlarini bajarish uchun barcha sohalar bo`yicha mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Hovlilarga o`rnatilgan chiroqlar, yo`laklardagi ozodalik, daraxtlar va gullar doimiy nazoratda, har bir uy kuzatuv kameralari bilan ta`minlangan.

Kompaniya qoshida «Ipoteka bank»ning Sergeli filiali 12-jamg`arma kassasi faoliyati yo`lga qo`yilgan.

Ma`lumki, shaharda uy-joy fondini yanada kengaytirish, uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ta`mirlash va foydalanish ishlarining samaradorligi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga bog`liq. Shunday ekan, mazkur shirkatlarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash hamda moliyaviy sog`lomlashtirish birinchi galdagi vazifadir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1