1

PREZIDENTIMIZ SERGELI TUMANI 6-A MACCIVDA BARPO ETILGAN 18-MAKTABGAChA TA`LIM MUASSASASIDA YaRATILGAN ShAROITLAR BILAN TANIShDI

Siyosat 17.11.2017, 15:01
PREZIDENTIMIZ SERGELI TUMANI 6-A MACCIVDA BARPO ETILGAN 18-MAKTABGAChA TA`LIM MUASSASASIDA YaRATILGAN ShAROITLAR BILAN TANIShDI

Mamlakatimizda maktabgacha ta`lim tizimining zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tarbiya va o`quv jarayonini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish hamda ularni moddiy jihatdan rag`batlantirish, yosh avlodni jismonan sog`lom, ma`nan etuk insonlar etib tarbiyalashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 9 sentyabrdagi «Maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo`lmoqda.

300 o`ringa mo`ljallangan ikki qavatli muassasada 3,7 milliard so`mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Bu erda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Musiqa, chet tillari to`garaklari, sport mashg`ulotlari o`tkaziladigan xonalar zarur qo`llanmalar, ko`rgazmali qurollar, zamonaviy sport buyumlari bilan jihozlangan. Xonalarni yoritishda energiya tejamkor uskunalardan foydalanilmoqda.

Prezidentimiz maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, asosiy e`tiborni bolalarning ta`lim-tarbiyasiga, tarbiyachilarning malakasini oshirishga qaratish kerakligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1