1

O`ZBEKISTON VA GRUZIYa SIYoSIY MASLAHATLAShUVLAR O`TKAZDI

Siyosat 18.11.2017, 01:12
O`ZBEKISTON VA GRUZIYa SIYoSIY MASLAHATLAShUVLAR O`TKAZDI

Tbilisi shahrida O`zbekiston Respublikasi va Gruziya tashqi ishlar vazirliklari delegasiyalari o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo`lib o`tdi.

Gruziya delegasiyasiga vazir o`rinbosari David Jalaganiya boshchiliq qildi.

Uchrashuvda O`zbekiston — Gruziya kun tartibining asosiy masalalari hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Ta`kidlanganidek, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Gruziya Bosh vaziri Georgi Kvirikashvilining 2017 yil sentyabr oyida Nyu-York shahridagi uchrashuvi ikki tomonlama munosabatlarda muhim bosqich bo`ldi va hamkorlikni chuqurlashtirishning istiqbolli yo`nalishlarini belgiladi.

Gruziya delegasiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida va 10 noyabrda Samarqand shahrida bo`lib o`tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada so`zlagan dasturiy nutqlarining asosiy qismlari to`g`risida xabardor qilindi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy muammolarning alohida mavzulari ham muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1