1

Samsung Galaxy S5’ni taqdim etdi

Hi-tech 25.02.2014, 10:32
Samsung Galaxy S5’ni taqdim etdi
Samsung  kompaniyasi Barselonadagi xalqaro mobil kongressida yangi Galaxy S5 flagmen smartfonini taqdim etdi.  

Galaxy S5 ko`rinishi avvalgi Galaxy S4’dan unchalik ham farq qilmaydi. Ekran 5 dyumdan 5,1 dyumga kattalashgan. Shuningdek, “uyga” (Domoy) mexanik tugmasi barmoq izlari skaneri vazifasini bajaradi.   

Endi smartfon USB 3.0 qabul qiladi, quvvatlash uchun port esa chang va suv tushishidan himoyalangan. Galaxy S5 IP-67 standarti bilan sertifikatlandi. Bu esa smartfonning 1 metr suv ostida  yarim soat tura olishidan darak beradi.
   
Galaxy S5 oq, qora, tilla va ko`k ranglarda chiqariladi. Qurilma eng yangi Android-4.4.2 operasion tizimida ishlaydi. 

Shuningdek, Samsung yangi modelga yurak urish datchigi bo`lgan Health ilovasini kiritgan. Endi yurak urishi chastotasini orqa kameradan pastroqqa barmoqni qo`yib bilish mumkin bo`ladi.
  
Qurilma 4 yadroli proesessor, 2 GB operativ hotira va 16-megapikselli kameraga ega. Galaxy S5  shu yilning 11 aprelidan jahonning 150 mamlakatida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.   

Qurilmaning narxi hozircha noma`lum.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1