1

Belgiyalik qandolatchilar dunyodagi eng uzun ekler shirinligini tayyorlashdi

Rekord 18.11.2017, 15:49
Belgiyalik qandolatchilar  dunyodagi eng uzun ekler  shirinligini tayyorlashdi

Belgiyaning Verve shahrida uzunligi 676,6 metr bo`lgan shokoladli ekler tayyorlandi. Bu dunyodagi eng uzun ekler shirinligi sifatida e`tirof etilmoqda.

Mazkur antiqa pirog ustida 20 nafardan ziyod qandolatchi 3 soat davomida ish olib bordi. Shirinlikni tayyorlash uchun 70 kg. sariyog`, 2 mingta tuxum, 50 kg. un va 300 litr sut kerak bo`ldi. Umumiy qiymati 1 500 evro bo`lgan mahsulotlar homiylar tomonidan taqdim etildi. 6 ming bo`lakchadan iborat ulkan eklerning sotuvidan tushgan daromad xayriya maqsadlariga yo`naltiriladi.

Ma`lum bo`lishicha, rekord notarial tasdiqlangan, ammo natija "Ginnessning rekordlar kitobi"ga kiritilmadi. Chunki tashkilotchilar nufuzli komissiyaga o`z vaqtida kerakli arizalarni topshirishmagan.

Eslatib o`tamiz, bu boradagi rasmiy rekord shveysariyalik qandolatchiga tegishli. U 503 metrli eklerni tayyorlagan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1