Xitoylik geymerlar antiqa rekord o`rnatishdi

Rekord 20.11.2017, 09:53
Xitoylik  geymerlar antiqa rekord o`rnatishdi

“Wings Gaming” jamoasidan xitoylik geymerlar "Dota 2" o`yinida g`olib bo`lib, 9,1 mln. dollarlik mukofot puli olishgani bilan "Ginness rekordlari kitobi"ga kirishdi. Musobaqa yozda Sietlda bo`lib o`tgan. Uning umumiy mukofot jamg`armasi kibersport bo`yicha barcha musobaqalar orasida eng yirigi bo`ldi va 21 mln. dollarni tashkil qildi.

Ushbu mukofotning deyarli yarmi xitoylik geymerlarga nasib qildi. Bu shunday turdagi musobaqalar o`rtasida olingan eng yirik mukofot bo`ldi.

Jamoa 2014 yilda shakllantirilgan bo`lib, ilgari bunday katta mukofot puli yutgan emas. Musobaqadagi g`alaba evaziga jamoaning 5 a`zosi bir zumda millionerga aylandi.

Ma`lumot uchun, "Dota 2" kompyuter o`yini strategiya janridagi, real vaqtdagi ko`p foydalanuvchili jamoaviy o`yin hisoblanadi. O`yinda 5 kishidan iborat ikkita jamoa ishtirok etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1