Hujjat matnida veterinariya dori vositalari deganda qo`llanishga tayyor kimyoviy-farmasevtik, biologik preparatlar va ozuqa qo`shimchalari tushuniladi.
Ro`yxatdan o`tkazilgan va mamlakatimiz veterinariya amaliyotida qo`llanishiga ruxsat etilgan dori vositalari tegishli ro`yxatdan o`tkazilganlik guvohnomasiga ega bo`lishi kerak. Veterinariya dori vositalarining muvofiqligini baholashda aniqlanishi majburiy hisoblangan kimyoviy va biologik xavfsizlik ko`rsatkichlari ro`yxati hujjatda keltirilgan. Ularning cheklangan me`yorlari normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Reglamentda veterinariya dori vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish (tayyorlash), tashish, saqlash, muomalaga chiqarish va sotishda ularning xavfsizligiga qo`yiladigan talablarni ham topish mumkin. Ularni qadoqlash va markirovka qilish talablari hamda preparatlardan foydalanishda yuzaga keladigan xatarlar alohida aytib o`tilgan.






