Poytaxtimizda bodibilding va fitnes bo`yicha O`zbekiston ochiq chempionati bo`lib o`tdi. Musobaqada yurtimiz sportchilari bilan birga Qozog`istondan kelgan sportchilar ham ishtirok etdi.
Bodibilding va fitnes – dunyoda ommalashayotgan sport turlaridan. "Turkiston" saroyida o`tkazilgan musobaqada Nurillaxo`ja G`ulomov, Bahromjon Boymirzaev, Pyotr Tretyakov, Mirjalol Murodov, G`ayrat Asadov, Akrom Akbarov, Nikolay Tavarbekov, Sunnat Zufarov, Ruslan Aleksandrov, Diana Ahmadqulova, Guljahon Turdiqulova, Elena Nuraeva, Svetlana Shavarina va qozog`istonlik Sagadat Salmonov turli yo`nalishlarda birinchi o`rinni egalladi.






