O`zbekiston futbol federasiyasi va Yaponiya futbol assosiasiyasi o`rtasida hamkorlik bo`yicha kelishuvga erishildi.
O`zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio shahrida Yaponiya futbol assosiasiyasi prezidenti Tashima Kodzo bilan uchrashdi.
Unda O`zbekiston futbol federasiyasi va Yaponiya futbol assosiyasiyasi o`rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo`yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu kelishuv asosida har ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o`rtasida o`rtoqlik o`yinlarini o`tkazish, turli musobaqalar va mavsumiy yig`inlarni tashkil etish, terma jamoalar murabbiylari o`rtasida tajriba almashishni yo`lga qo`yish ko`zda tutilgan.
Shuningdek, O`zbekiston futbol federasiyasi va Yaponiya futbol assosiasiyasi murabbiylari va tibbiyot xodimlari uchun o`quv seminarlari tashkil etish, futbol akademiyasi murabbiylari va boshqaruv xodimlari o`rtasida bilim va tajribalarni almashish, bolalar futboli bo`yicha murabbiylik kurslarini tashkil etish borasida ham kelishuvga erishildi.






