1

O`ZBEKISTON VA QOZOG`ISTON O`RTASIDAGI AVTOMOBIL QATNOVI BO`YIChA BAYoNNOMA KUChGA KIRDI

Siyosat 20.11.2017, 18:31
O`ZBEKISTON VA QOZOG`ISTON O`RTASIDAGI AVTOMOBIL QATNOVI BO`YIChA BAYoNNOMA KUChGA KIRDI

2017 yilning 17 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog`iston Respublikasi Hukumati o`rtasida 2006 yil 20 martda imzolangan Avtomobil qatnovlari to`g`risidagi bitimga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Bayonnoma (2017 yil 23 mart kuni Ostona shahrida imzolangan) kuchga kirdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Bayonnoma bilan muntazam/nomuntazam xalqaro avtomobil yo`lovchilarini tashishni tashkil etish to`g`risidagi me`yorlarni qo`shish orqali Hukumatlararo bitimning qo`llash yo`nalishlari kengaytiriladi.

Mazkur hujjat ikki davlat o`rtasida transport kommunikasiyalari yo`nalishida o`zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish va avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda o`zaro maqbul huquqiy sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1