1

Ko`kka sovurilgan umr

Rekord 21.11.2017, 11:01
Ko`kka sovurilgan umr

Avstraliyalik Les Styuart dunyodagi eng katta va eng ahmoqona kitob muallifi sanaladi. U 16 yilu 7 oy mobaynida 7 ta yozuv mashinkasini, 1000 ta bo`yoq lentasini ishdan chiqarib, 19 890 sahifani faqatgina nol (0) dan boshlab milliongacha bo`lgan raqamlar bilan to`ldiradi. Favqulodda zo`r “ijod mahsuli”ning oxirgi qatori quyidagicha tugaydi: “to`qqiz yuz to`qson to`qqiz ming to`qqiz yuz to`qson to`qqiz, bir million”.Les umrining 17 yilini nima uchun ahmoqona mashg`ulotga sarflab, ko`kka sovurdi? Bu savolga uning o`zidan boshqa hech kim jo`yali javob berolmasa kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1