1

​SEUL ShAHRIDA ZAMONAVIY MATBUOT MARKAZI FAOLIYaTINI BOShLADI

Siyosat 22.11.2017, 13:07
​SEUL ShAHRIDA ZAMONAVIY MATBUOT MARKAZI FAOLIYaTINI BOShLADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish maqsadida Seul shahrida zamonaviy Matbuot markazi tashkil etilib, faoliyatini boshladi.

Matbuot markazi eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan bo`lib, unda 25 nafar malakali jurnalistlar, media-ekspertlar, tasvirchi va fotograflar faoliyat ko`rsatmoqda.

Matbuot markazining asosiy maqsadi – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifini barcha ommaviy axborot vositalarida, jumladan internet ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, tashrif bilan bog`liq voqealarga oid ma`lumotlarni mass medianing barcha tarmoqlariga ishonchli va tezkor ravishda etkazib berishdan iborat.

Bundan tashqari matbuot markazida MTRKning “O`zbekiston 24 ” telekanali muxbirlari onlayn rejimida Seul bilan to`g`ridan to`g`ri efirga chiqadilar. Unda tashrif doirasidagi muhim uchrashuvlar, muzokaralar, hujjatlar imzolash marosimlari haqida reportajlar berib boriladi. Shuningdek O`zbekiston va Koreya Respublikasi rasmiy delegasiyalarining vakillari bilan intervyular efirga uzatiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1