1

ERTADAN XALQARO MEDIA-FORUM O`Z IShINI BOShLAYDI! LOYIHA HAR GAL O`Z GEOGRAFIYaSINI KENGAYTIRIB BORYaPTI

Madaniyat 27.11.2017, 11:42
ERTADAN XALQARO MEDIA-FORUM O`Z IShINI BOShLAYDI! LOYIHA HAR GAL O`Z GEOGRAFIYaSINI KENGAYTIRIB BORYaPTI

Ertadan boshlab, ikki davomida, yana ham aniqrog`i 28-29 noyabr kunlari Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi bo`lib o`tadi. Mazkur xalqaro doirada o`tayotgan forumda dunyo ilm-fan jamoatchiligining etakchi vakillari, muzey, kutubxona, ilmiy institut va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mahalliy olimlar hamda ekspertlar ishtirok etishadi. Quyida yurtimizga tashrif buyuradigan mehmonlarning mazkur loyiha haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashamiz...

Laptev Sergey Valerianovich, Mixo muzeyining maxsus ilmiy xodimi (Yaponiya): — Toshkentda bu yil ikkinchi bor dunyodagi muzey kolleksiyalaridan jamlangan O`zbekistonning madaniy merosini o`rganish va nashr etish bo`yicha xalqaro media-forum o`tkazilmoqda. Loyiha har gal o`z geografiyasini kengaytirib, ilmiy va keng jamoatchilikka O`zbekiston bilan bog`liq barcha yangi hududlarni, shu jumladan men vakillik qilayotgan Yaponiya bilan ham tanishtiradi. Forum qatnashchilari va mehmonlari, shu jumladan, loyiha tashabbuskorlariga O`zbekiston madaniyati xazinasini va Buyuk Ipak yo`lidagi rolini o`rganishda chin qalbdan yangi yutuqlar, marralar, omadlar tilab qolaman.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1