AsosiySiyosat

SAMARQANDDA YaNGI MAQBARA MAJMUASI OChILADI

'SAMARQANDDA YaNGI MAQBARA MAJMUASI OChILADI'ning rasmi

2018 yil yanvarda Samarqand shahrida Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasi ochiladi. Bu haqda bugun mamlakat Prezidenti Shavkat Mirzieyovning “O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug`anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to`g`risida”gi qarorida qayd etilgan.

Shuningdek, qarorda “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratish ham ko`zda tutilgan.

Eslatib o`tamiz, 2017 yil 25 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzieev tomonidan “O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq 2016 yil oktyabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi. Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Farg`ona yo`li ko`chasida joylashgan jome masjidga “Islom ota jome masjidi” deb nom berildi.

Shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti, Asaka shahridagi avtomobil zavodi, Farg`ona shahridagi San`at saroyi, Toshkent xalqaro aeroporti, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko`chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomi berildi.

    Boshqa yangiliklar