1

BUGUN IKKI DAVLAT PREZIDENTLARI TELEFON ORQALI QANDAY MASALALAR YuZASIDAN SUHBATLAShIShDI?

Siyosat 27.11.2017, 22:52
BUGUN IKKI DAVLAT PREZIDENTLARI TELEFON ORQALI QANDAY MASALALAR YuZASIDAN SUHBATLAShIShDI?

O`zbekiston axborot agentligining bergan xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 27 noyabr kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda muhim masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va boshqa sohalardagi o`zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Qayd etish kerak, joriy yilda O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi hamkorlik istiqbollarida yangi sahifa ochildi. Shu yilning o`tgan davri mobaynida mamlakatlarimiz rahbarlari bir necha bor uchrashib, hamjihatlik va do`stona munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida kelishib oldi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 22-23 mart kunlari Qozog`istonga davlat tashrifi va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning 16-17 sentyabr kunlari mamlakatimizga davlat tashrifi tomonlarning uzoq muddatli strategik manfaatlarini belgilash, ikki davlat oldida turgan vazifalarni hamkorlikda hal etishdagi sa`y-harakatlar yakdilligining yorqin tasdig`i bo`ldi.

Ma`lumot o`rnida, shu yil oktyabr oyida ikki mamlakat o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganligiga 25 yil to`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1