1

Ukrainadagi voqealar yuzasidan “Jahon” axborot agentligining bayonoti

Jamiyat 05.03.2014, 10:05
Ukrainadagi voqealar yuzasidan “Jahon” axborot agentligining bayonoti

“Jahon” axborot agentligi bayonotida keltirilishicha, Ukrainada ro`y berayotgan voqealar vaziyatning jiddiy murakkablashuviga hamda o`zaro qarama-qarshilikka olib kelgani barobarida ular tanglikning yanada kuchayishini, oldindan aytish mushkul bo`lgan oqibatlarni keltirib chiqarishi, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga jiddiy xavf solishi mumkinki, bunday holat O`zbekistonda chuqur xavotir va tashvish uyg`otmasligi mumkin emas. 
O`zbekiston Ukrainada yuzaga kelgan vaziyatning bartaraf etilishini eng avvalo, kuch ishlatishlar qo`llanilishidan voz kechilgan holda, vujudga kelgan muammolar tinch yo`l bilan, siyosiy vositalar va sa`y-harakatlardan foydalanilgan tarzda, xalqaro huquqning asosiy me`yorlariga hamda BMT Nizomiga asoslangan holda muzokaralar yo`li bilan hal etilishida ko`radi. 
O`zbekiston Ukrainadagi nizoli jarayonda ishtirok etayotgan tomonlar o`rtasida tez fursat ichida o`zaro kelishuvga erishilishi uchun yuksak darajadagi vazminlik va mulohazakorlik namoyon qilinishiga umid bildiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1