1

Yurtimiz rekordchilarining rekordchisi

Rekord 28.11.2017, 15:28
Yurtimiz  rekordchilarining rekordchisi

Ravshan Ermatov ham “Darakchi”ning “Rekordlar” sahifasida faxrli o`rinni egallashga munosib hamyurtlarimizdan. O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ketma-ket ikkita Jahon chempionatida hakamlik qilib, boshqargan o`yinlari hisobida jahon rekordini o`rnatgani barchamizga yaxshi ma`lum.

Eslatib o`tamiz, bundan oldingi jahon rekordlari sakkiz o`yinni boshqarishga muvaffaq bo`lgan uch referi — fransuz Joel Kinyu, meksikalik Benito Archundii va urugvaylik Xorxe Larriondaga tegishli.

► Braziliya maydonlarida o`tkazilgan Jahon chempionatida Ravshan Ermatov Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi va Boltiqbo`yi mamlakatlari vakillari orasida ushbu Jahon chempionatiga jalb etilgan yagona bosh hakam bo`lgandi. Nufuzli musobaqada Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi jami to`rtta uchrashuvni — guruh bosqichida Shveysariya-Ekvador, AQSh-Germaniya va Meksika-Xorvatiya, chorak finalda Gollandiya-Kosta-Rika terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvlarni yuqori saviyada boshqardi.

► Ravshan Ermatov hakamlik faoliyati davomida Jahon chempionatlari final bosqichida eng ko`p – 9 uchrashuvni boshqarib, dunyo rekordini o`rnatdi.

► 2015 yil yakunlariga ko`ra, FIFA referisi Ravshan Ermatov ketma-ket 10 marta O`zbekistonning eng yaxshi referisi deb topildi.

► O`zbekiston iftixori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Ravshan Ermatov “Globe Soccer Awards” taqdimot marosimida “Yilning eng yaxshi hakami” mukofotiga ham loyiq topildi.

► Ermatov 2003 yildan buyon FIFA tasnifidagi deyarli barcha yirik turnirda qatnashmoqda. Jumladan, 2007 va 2009 yillarda o`smirlar hamda yoshlar o`rtasidagi jahon birinchilik­lari, 2008 va 2011 yillarda klublar o`rtasidagi jahon chempionatlari finali, 2011 yilgi Osiyo kubogi finali, 2012 yilda XXX yozgi Olimpiada o`yinlarining futbol uchrashuvlari, 2013 yilda Braziliyada tashkil etilgan konfederasiyalar kubogi bahslari, 2010 va 2014 yillardagi futbol bo`yicha Jahon chempionatlarida, shuningdek, o`tgan yilgi Osiyo chempionlar ligasi finalida ham hakamlik qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1