1

6,6 milliondan ortiq bola tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi

Salomatlik 05.03.2014, 17:03
6,6 milliondan ortiq bola tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi

Bu yil 6,6 milliondan ortiq maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktab o`quvchilari har yili o`tkaziladigan profilaktik ko`rikdan o`tkaziladi.

Bunday ko`riklar Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan bolalar o`rtasidagi kasalliklarni erta muddatlarda aniqlash, yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Ko`rik umumiy qon tahlili, flyurografiya tekshiruvi, pediatr, stomatolog, nevropatolog, endokrinolog, okulist va boshqa mutaxassislar ko`rigini o`z ichiga oladi.

Kasallik aniqlangan bolalar davolanishga yo`naltiriladi, deya xabar beradi "Uzbekistan Today" nashri.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1