Yurtimizda mo``tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko`rsatish, ularning ijtimoiy hayotimizdagi o`rni va nufuzini oshirish, barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga etkazish maqsadida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta`sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida»gi farmoniga muvofiq qabul qilingan nizomga asosan:
1. O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining a`lo xulqi, zukkoligi, o`qishdagi muvaffaqiyatlari, tashabbuskorligi bilan noyob iste`dodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, san`at, ta`lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risidagi takliflari ilovadagi ro`yxatga muvofiq ma`qullansin.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo`yicha ko`zda tutilgan 14 ta mukofot o`rniga 2014 yil uchun istisno tariqasida 16 ta mukofot berilishi belgilansin.
3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag`ishlab o`tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko`krak nishonlari topshirilsin.
4. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta`minlasin.
5. O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O`zbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste`dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari E.Bositxonova zimmasiga yuklansin.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
R O` Y X A T I
Joldasbaeva Ayjamal Maxsetbay qizi |
- |
Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi |
Abdumutallibova Oydinoy Kamoliddin qizi |
- |
Andijon pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kollejining 3-bosqich o`quvchisi |
Namozova Mohinur Bobirovna |
- |
Buxoro tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi |
Xolbekova Yoqutxon Nazarqosim qizi |
- |
Jizzax transport, aloqa kasb-hunar kollejining 3-bosqich o`quvchisi |
Nodirova Maftuna Rustamovna |
- |
Qarshi davlat universitetining 4-bosqich talabasi |
Qosimova Zariya |
- |
Navoiy viloyati Zarafshon kompyuter texnologiyalari kollejining 1-bosqich o`quvchisi |
Usubjanova Shohsanam Azamjon qizi |
- |
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 22-umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinf o`quvchisi |
Olimova Durdona |
- |
Samarqand shahridagi Siyob tibbiyot kollejining 1-bosqich o`quvchisi |
Xoljigitova Dilbarxon Baxodir qizi |
- |
Guliston davlat universiteti qoshidagi |
Barotova Lutfiya Abdusattop qizi |
- |
Surxondaryo viloyati Termiz qishloq xo`jalik |
Yusupova Nilufar |
- |
Surxondaryo viloyati Termiz san`at kollejining |
Abdulxakimova Sevara Odil qizi |
- |
Toshkent viloyati Angren axborot texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kollejining 1-bosqich o`quvchisi |
Mamadibragimova Dinoraxon Muhammadrayim qizi |
- |
Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining 2-bosqich o`quvchisi (Farg`ona viloyati) |
Atajonova Gulyar Komiljon qizi |
- |
Urganch davlat universitetining 3-bosqich talabasi |
Rominova Nasiba |
- |
Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 7-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi |
Xakimova Xurshida |
- |
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 122-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi |