1992 yilgi obligasiyalar taqdiri hal bo`ldi

Jamiyat 07.03.2014, 18:02
1992 yilgi obligasiyalar taqdiri hal bo`ldi

O`zbekiston Moliya vazirligi va Davlat tijorat Xalq banki 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomni aholidan qabul qilish haqida Qo`shma bayonot qabul qildi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xabar beradi.

Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 aprelda qabul qilingan 165-sonli qaroriga asosan, aholi o`rtasida tarqatish uchun 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli O`zbekiston obligasiyalari chiqarilgan.

Obligasiyalarning muddati 20 yil etib belgilangan bo`lib, ular uchun to`lovlarni 2014 yilning 1 iyuligacha talab qilish belgilangan.

Vazirlar Mahkamasi Davlat tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni so`zsiz bajarish, fuqarolar jamg`armalarining kafolatli himoyasini ta`minlash, aholi ishonchini mustahkamlash maqsadida 5 mart kuni «O`zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomini qabul qilish va so`ndirish chora-tadbirlarini tashkil etish to`g`risida»gi qaror imzolangan.

Unga ko`ra, 2014 yilning 1 aprelidan 1 iyuligacha Xalq bankining vakolatli bo`linmalari aholidan (shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ko`rsatgan holda) obligasiya egalari nomiga «talab qilib olinguncha» hisob raqamini ochish hamda tasdiqlangan hujjat berish yo`li bilan obligasiyalarni qabul qiladi.

Pul mablag`lari 2014 yilning 1 avgustidan 30 noyabriga qadar indeksasiyani hisobga olgan holda to`lanadi.

Belgilanmagan muddatlarda to`lovga berilmagan obligasiyalar o`z kuchini yo`qotadi.

Obligasiyalarni qabul qilish va to`lab berish yuzasidan barcha savollar bo`yicha quyidagi manzillarga murojaat etish mumkin:

O`zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

Toshkent shahri,

Mustaqillik maydoni, 5,

tel: 239-12-52, 239-15-69.

Davlat tijorat Xalq banki

Toshkent shahri,

Qatortol ko`chasi, 46,

tel: 273-69-15, 150-12-91.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1