AsosiySUG'DIYONA
4771

ERINGIZ «TO`YGA BORMAYSAN!» DESA...

'ERINGIZ «TO`YGA BORMAYSAN!» DESA...'ning rasmi

«Xo`jayinim ruxsat bersalar, boraman»... Yosh kelinchaklar yoki bolalari hali yosh bo`lgan onalar qarindosh-urug`, do`st-dugonalarning to`y-hasham, tadbirlarini erlarining ruxsat bermagani uchun o`tkazib yuborishga majbur bo`lishadi.

Yondashuv: yangi turmush qurganlar yo rashkning kuchidan? yoki onasining ichki noroziligidan xotiniga ruxsat bermasa, farzandlari yosh bo`lgan otalar bir o`zi bolalarni eplay olmasligi, to`g`rirog`i, buni istamagani uchun to`yga yuborishga rozi bo`lmaydi. Ikkala holatda ham bir amallab echim topish mumkin: ya`ni «2 soatgina borib kelaman», «to`yda o`ynamayman, so`zga chiqmayman, to`g`ri borib-to`g`ri qaytaman, pardozim, turmagimga sizdan pul so`ramayman», «o`zingiz olib ketsangiz, ko`nglim xotirjam bo`ladi», «bolalarni singlimga qoldiraman» kabi gaplar bilan eringizning taqiqini olib tashlash mumkin. Yodingizda bo`lsin, borgingiz kelayotgan to`y siz uchun ahamiyatli bo`lsa, avvaldan makr ishlatib,taklifnomaga eringizning ismini ham yozdiring. Shunda munosabat ham o`zgarib qolishi mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar