AsosiySalomatlik

“DARAXTDAN YIQILIB TUShDIM...”

'“DARAXTDAN YIQILIB TUShDIM...”'ning rasmi

— Daraxtdan erga yuztuban yiqilganimgami ko`krak qafasining o`ng tarafiga qattiq zarba tushdi va o`sha sohada gematoma yuzaga keldi. Harakatlansam, yo`tal yo aksirganimda ham og`riq berayapti. Rentgentga tushib kelsammikan deb ham xayol qilayapman, agar suyagim singanida bunday yurolmasdim, to`g`rimi? Og`riqni engillashtirish uchun nima qilsam bo`ladi? Keyinchalik asorati bo`lmaydimi?

M.Tursunov, Navoiy viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Daraxtdan yiqilganingizda qovurg`adasinish yoki darz ketish holatlari yuzaga kelgan bo`lishi mumkin. Gematoma esa ichki a`zolarda ham kuzatilishi mumkin. Bu holatda rentgen tekshiruvi shart! Shunga qarab, kerakli preparatlar buyuriladi. Og`riqni engillashtirish uchun surtma va mazlardan foydalansangiz bo`ladi, ammo ta`siri vaqtinchalik ekanini unutmang.

    Boshqa yangiliklar