YuRTDOShLARIMIZ IShONChINI OQLAGAN SPORTChIMIZ

Rekord 09.12.2017, 17:22
YuRTDOShLARIMIZ IShONChINI OQLAGAN  SPORTChIMIZ

100 metrga brass usulida 1:12:45 ichida masofani suzib o`tib, jahon rekordini yangiladi va oltin medal bilan taqdirlandi.

200 metrga kompleks usulida 2:24:50 rekord ichida masofani suzib o`tib, jahon rekordini yangiladi va kumush medalni qo`lga kiritdi.

100 metrga batterflyay usulida 1:04:72 ichida masofani saralash bosqichida suzib o`tib, paralimpiya o`yinlari rekordini yangiladi va bronza medalini qo`lga kiritdi.

— 10 yoshimdan beri suzish bilan shug`ullanaman. Suzish bo`yicha birinchi murabbiyim — dadam. Biz “Rio-2016”da har bir musobaqa oldidan internet orqali gaplashib turdik. Dadam yo`l-yo`riq ko`rsatib, masofalar osha meni o`yinlarga ruhan tayyorladi. Birinchi marta o`n bir yoshimda Samarqandda g`alabani qo`lga kiritganman.

Men doim oldimga katta maqsadlarni qo`yaman va ularga erishish yo`lida tinimsiz mehnat qilishga harakat etaman. Paralimpiadada uch bora medal bilan taqdirlanganimda, yurtimizda yoshlarning bilim olishiga, sport bilan shug`ullanishiga yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan foydalana olganim, yurtdoshlarim ishonchini oqlaganim uchun juda xursand bo`ldim. 2020 yil Tokioda bo`lib o`tadigan musobaqalarda ham yuqori natijalar ko`rsatib, rekordimni yangilashni niyat qilganman. Shu maqsadda mana, tayyorgarlik mashqlarini ham boshlab yubordik. Sportchi uchun soniyalarning ham ahamiyati katta. Sport bilan shug`ullanish uchun sarflangan har bir daqiqa muvaffaqiyatni belgilaydi, axir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1