1

O`ZBEKISTON DELEGASIYaSI VENADA BMT BOSh KOTIBI O`RINBOSARI YuRIY FEDOTOV BILAN UChRAShDI

Siyosat 09.12.2017, 19:04
O`ZBEKISTON DELEGASIYaSI VENADA BMT BOSh KOTIBI O`RINBOSARI YuRIY FEDOTOV BILAN UChRAShDI

Avval xabar qilinganidek, joriy yil 7-8 dekabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegasiyasi Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) ishtirokchi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining 24-majlisida ishtirok etdi.

Avstriya Respublikasining EXHTga raisligi doirasida Vena shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvda a`zo mamlakatlar va hamkor davlatlarning tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy xavfsizlik, tashkilotning yangi tahdidlar va xatarlarga qarshi kurashdagi salohiyatini mustahkamlash, xususan noqonuniy giyohvand moddalar savdosi bilan bog`liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, vazirlar Italiyaning 2018-yilda EXHTga bo`lajak raisligi yuzasidan fikr almashdilar, deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

O`zbekiston delegasiyasi Vena shahriga tashrifi davomida BMT Bosh kotibi o`rinbosari, BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo`yicha boshqarmasi ijrochi kotibi Yuriy Fedotov bilan uchrashdi va muzokaralar olib bordi. Uchrashuv yakunida tomonlar O`zbekiston bilan BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo`yicha boshqarmasi o`rtasida 2018-2019-yillarda hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdorliklari bo`yicha qo`shma bayonotni imzoladilar.

Shuningdek, TIV delegasiyasi EXHT Bosh kotibi Tomas Greminger bilan muzokaralar o`tkazdi. Muzokaralar dovomida 2018-2019-yillarda O`zbekiston va EXHT o`rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy tadbirlar rejasini hayotga tadbiq etishni ko`zda tutuvchi ikki tomonlama hujjat imzolandi.

EXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi doirasida O`zbekiston delegasiyasi EXHTning OAV erkinligi bo`yicha vakili Arlem Dezir, Estoniya tashqi ishlar vaziri Sven Mikser, Ruminiya davlat kotibi, tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Jorj Siamba bilan uchrashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1