1

ERTA KLIMAKSNING OLDINI OLAMIZ

Salomatlik 09.12.2017, 19:12
ERTA KLIMAKSNING OLDINI OLAMIZ
Bugungi kunda erta klimaks tez-tez uchrab turayotgan holatga aylandi. Bu davrda o`ziga xos o`zgarishlar qatorida sog`ligimizda ham turli bezovtaliklar kelib chiqishi sir emas. Ularni bartaraf etish uchun esa ishni taomnomadan boshlashni tavsiya etamiz. FOYDALI: • Kalsiyga boy mahsulotlar – sut,qatiq, tvorog, yogurt, pishloq, tuxum, bodom, sariyog`, dengiz karamidan tayyorlangan eguliklar ayni muddao. • Yarimto`yingan yog` kislotalariga ega bo`lgan o`simlik yog`i, yong`oqlar, albatta, taomnomaga kiritilishi zarur. Ular qondagi trigliserid va xolesterin miqdorini kamaytiradi. • Omega – 3 yog` kislotasi ko`p bo`lgan baliq turlari iste`mol qilinishi kerak. hech bo`lmaganda haftasiga bir marta bo`lsa ham. Shuningdek, yong`oqlarni ermak qilish ham asabni tinchlantiradi. • Nonushtaga suli va manniy yormasidan tayyorlangan bo`tqalar, meva sharbatlari bo`lsa, tushlikka suyuq taomni tanlang. Kechki taomda esa ko`kat qo`shilgan salat eyishingiz lozim. • Makaron yoki xamirli taomlarni bug`da tayyorlang. • Sabzi, karam, qizil lavlagi, bulg`or qalampiri, pomidor va barra ko`katlar immuninetga “tez yordam”dir. Unutmang, bu davrda immun tizimi zaiflashib qoladi. • Bor elementiga mo`l bo`lgan mayiz, shaftoli, anjir, qulupnay va olxo`riga ham diqqat qiling. • Salat bargi tarkibida E vitamini talaygina. Ayni klimaksning boshlang`ich davrida salat bargi qo`shilgan taom va eguliklarni kanda qilmasangiz, kayfiyat o`zgaruvchanligi hamda uyqusizlikdan aziyat chekmaysiz. • Piyoz, sarimsoq immunitetni oshiribgina qolmay arterial qon bosimini ham me`yorlashtiradi. • Bu davrda shirinliklarga ko`p ham chalg`imang. Achchiq qora shokolad, yong`oq-mayiz aralashmasi stressni engish uchun kifoyadir. XALQONA RESEPTLAR: – 1-2 osh qoshiq marmarak o`simligini 2 stakan qaynatilgan suvga damlab, 15 daqiqa tindiring. So`ng kun davomida suyuqlik o`rnida qabul qilasiz. Marmarak damlamasi jinsiy bezlar faoliyatini normallashtirib, ter ajralishini kamaytiradi. – Dorixonadan valeriana ildizini harid qiling. 1 choy qoshiq maydalangan valeriana ildizini 1 stakan qaynatilgan suvda damlab, 2 soat davomida tindirasiz. So`ng kun davomida ikki marta qabul qilasiz. Ushbu damlama boshdagi qon tomirlari faoliyati uchun foydalidir. – Quvvatsizlik kuzatilmasligi uchun har kuni nonushtadan oldin yarim stakan qizil lavlagi sharbatini iching. Istagingizga ko`ra, sharbatni qaynatilgan suv bilan aralashtirish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1