1

ShIFOBAXSh DAMLAMALAR

Salomatlik 09.12.2017, 19:15
ShIFOBAXSh DAMLAMALAR
Asal+dolchin Ushbu damlama vazn yo`qotish va qomatni ixchamlashtirishga yordam beradi. Chunki asal va dolchin antiseptik xususiyatga ega bo`lib, bakteriyalar va parazitlarni o`ldiradi, yog`larni ketkazadi. 1 stakan qaynoq suvga 1 choy qoshiq dolchin soling. Yarim soat tindirgach, 2 choy qoshiq asal qo`shing. Damlamani kechki payt muzlatkichda qoldiring-da, ertalab nonushdaan avval yarmini iching. Qolganini esa uxlashdan oldin ichish tavsiya etiladi. Limon+zanjabil+bodring Ushbu ichimlik oshqozon-ichak yo`llarini tozalab, organizmni ortiqcha suvdan xalos etadi, moddalar almashinuvini tezlashtiradi va ortiqcha kilogrammlarga qarshi kurashadi. 8 stakan suvga 1 choy qoshiq maydalangan zanjabil, 1 donadan aylana shaklda yupqalab to`g`ralgan bodring va limon hamda 1-2 ta yalpiz bargini solib, aralashtiring. Kechki payt muzlatkichga qo`ying. Kun davomida ushbu ichimlikdan 1 litr ichish mumkin. 4 kun ichgach, tanaffus qiling. Dolchin+lavr yaprog`i Ushbu choy ozish jarayonini tezlashtiradi, ovqat hazm qilish tizimi faoliyatiga ijobiy ta`sir etadi. 1 litr suvga bitta dolchin tayoqchasi va 5 ta lavr yaprog`ini solib, 15 daqiqa qaynating. 1 kunda 1 piyola ichish mumkin. homilador, emizikli ayollarga, yosh bolalarga, oshqozonida jiddiy muammosi borlar va jigari xastalarga tavsiya etilmaydi. Sut+sarimsoqpiyoz To`g`ri, bu usul bilan tezda katta natijaga erishmaysiz. Ammo, qomatni bir maromda ushlashda ham yaxshi ko`makchi. Suvni qaynating. Qaynab chiqqach, suvga teng miqdorda yog`siz sut qo`shing. Olovni pasaytiring. Bir qaynagach, 1 bo`lak sarimsoqpiyozni maydalab qo`shing. 5 daqiqadan so`ng olovdan oling. Yarim stakandan ovqatlanishdan avval iching.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1