1

SOORONBAY JEENBEKOV RASMIY TAShRIF BILAN O`ZBEKISTONGA KELADI

Siyosat 11.12.2017, 11:39
SOORONBAY JEENBEKOV RASMIY TAShRIF BILAN O`ZBEKISTONGA KELADI

Bu haqda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7 dekabr kuni davlat mukofotlari bilan taqdirlash tantanali marosimida e`lon qildi, deb o`zmoqda «Repost.uz» nashri. Yangi prezidentning rasmiy tashrifi shu yilning 13-14 dekabr kunlari amalga oshiriladi.

“Yil davomida biz barcha qo`shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga xarakat qilamiz. Qirg`iziston yangi prezidenti yaqin payt ichida O`zbekistonga kelish istagini bildirdi, biz bu taklifni qabul qildik. Oramizda muammolar bo`lsada, biz baribir qo`shnimiz”, — dedi Shavkat Mirziyoev.

Eslatib o`tamiz, Sooronbay Jeenbekov 15 oktyabrda bo`lib o`tgan saylovlarda g`alaba qozongan, 24 noyabr kuni esa prezident lavozimiga tayinlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1